» » “Apartak” ko‘mir konidan 600 kg ko‘mir o‘g‘irlashga uringan shaxslar qo‘lga olindi

“Apartak” ko‘mir konidan 600 kg ko‘mir o‘g‘irlashga uringan shaxslar qo‘lga olindi


2-fevral kuni soat 21:00 atrofida IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi “Angren” va “Apartak” ko‘mir konlarini qo‘riqlash alohida otryadi navbatchilik qismiga o‘g‘irlik holati yuzasidan xabar kelib tushgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Shu kuni 18:00larda Angren shahri, Beruniy mahallasida yashovchi Hasan Odimatov, Dilmurod Mirzabayev va Anvar Kushmatov o‘zaro til biriktirib, “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli “Apartak” ko‘mir koni hududiga aylanma yo‘llar orqali noqonuniy kiradi. Taxminan 600 kilogramm ko‘mirni 6 bosh uy hayvonining ustiga maxsus yasalgan savatchaga yuklab, chiqib ketayotganlarida otryadning mobil guruhi xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

Ushbu fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga muvofiq hujjatlar rasmiylashtirildi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют