» » Toshkentda davlatlararo qidiruvga berilgan 21 yoshli qiz topildi

Toshkentda davlatlararo qidiruvga berilgan 21 yoshli qiz topildi


Toshkent shahar IIBB xodimlari bedarak yo‘qolgach, davlatlararo qidiruvga berilgan 21 yoshli qizni topdi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

5-dan 6-fevralga o‘tar kechasi soat taxminan 3:00 da Toshkent shahar IIBB PPX xodimlari Uchtepa tumanidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab trotuarda yolg‘iz ketib borayotgan qizni ko‘rib qolgan. Qizning tashqi ko‘rinishi bedarak yo‘qolgan qizning ta’riflariga mos tushgan.

Qizning shaxsini aniqlash, bunday kech vaqtda ko‘chada yurishi sababini bilish hamda unga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish maqsadida, qiz Chilonzor tuman IIO FMB ichki ishlar bo‘limiga keltirilgan.

Bu yerda qizning ismi Nasiba K. ekanligi, u o‘tgan yili bedarak yo‘qolganligi va 2018-yil 28-noyabrda davlatlararo qidiruvga berilganligi aniqlandi. Nasiba o‘z qarindoshlariga joylashgan joyi haqida ma’lum qilmaganligi sababi aniqlashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют