» » Shohjahon Ergashev IBF’ning yangilangan reytingida bir pog‘ona ko‘tarildi

Shohjahon Ergashev IBF’ning yangilangan reytingida bir pog‘ona ko‘tarildi


Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) yanvar oyida yangilangan reytingida professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (15 ta jang, 15 ta g‘alaba) bir pog‘ona yuqoriladi, deb xabar berdi GoSport.

7-fevral kuni e’lon qilingan yangi reytingda Shohjahon Ergashev 11-pog‘onadan joy oldi. Shohjahon ayni vaqtda WBA reytingida 5-o‘rinda bormoqda

Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (15 ta jang, 15 ta g‘alaba) esa reytingdagi o‘rnini saqlab qolgan (4-pog‘ona).

Eslatib o‘tamiz, 30-mart kuni Qudratillo aynan mana shu reyting yetakchiligi uchun yaponiyalik Keita Obaraga (20 ta g‘alaba, 3 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat) qarshi ringga ko‘tariladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют