» » Prezident farmoni bilan Ozbekistonda Transport vazirligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan Ozbekistonda Transport vazirligi tashkil etildi


Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident farmoni imzolandi. Hujjat matnini OzA elon qildi.

Hujjat transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish, transport kommunikatsiyalarini strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat korsatishini taminlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq qabul qilingan.

Farmonga kora,Ozbekiston avtomobil transporti agentligi negizidaOzbekiston Respublikasi Transport vazirligitashkil etildi.

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

transportning barcha turlarini yagona transport tarmogiga integratsiyalashuvi va yangi samarali transport-logistika tizimlaridan foydalangan holda uygunlikda rivojlantirishga yonaltirilgan yagona davlat transport siyosatini ishlab chiqish;

transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni ragbatlantirish, ularning barcha toifadagi istemolchilar uchun ommabopligini taminlash, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishga yonaltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish;

xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish boyicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish;

transport va yol xojaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;

butun transport tizimini raqamlashtirish boyicha ilgor axborot texnologiyalarini joriy etish, Ozbekiston Respublikasi Transport tizimining bir-biriga boglangan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

avtomobil yollari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatlarini hisobga olgan holda, avtomobil yollari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yollar va transport infratuzilmasining boshqa obyektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, tamirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini taminlash;

transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, temir yol va daryo transportidagi avariya va halokatlar boyicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish;

transport va yol xojaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobiga transport xizmatlari jahon bozorida Ozbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini taminlash;

transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda talim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgor usullarini tizimli ravishda joriy etish.

Quyidagilar:

Ozbekiston Respublikasi Avtomobil yollari davlat qomitasi, uni Ozbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagiAvtomobil yollari qomitasietib qayta nomlagan holda;

Ozbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni Ozbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagiFuqaro aviatsiyasi agentligietib qayta tashkil etgan holda;

Ozbekiston Respublikasi Temir yollarda yuk va yolovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni Ozbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagiTemir yollarda yuk va yolovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasietib qayta nomlagan holda;

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yol-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni Ozbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagiYol-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasietib qayta nomlagan holda;

Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirliginingOzbekiston kemachilik registri;

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagiOzaeronavigatsiya markazi;

ilovaga muvofiq ilmiy-tadqiqot va talim muassasalari, boshqa tashkilotlar, faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlanib qolingan holda, Vazirlik ixtiyoriga otkaziladi.

Toshkent shahar Transport va yol-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti tugatiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-02-2019, 20:45)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -