» » Bartomeu: “Barselona”ni Messi ketishiga tayyorlashimiz kerak

Bartomeu: “Barselona”ni Messi ketishiga tayyorlashimiz kerak


Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu klubning rivojlanish strategiyasi haqida gapirib o‘tdi.

“Bilaman, Lionel Messi karyerasini yakunlayotganini bir kun aytadi. Biz “Barselona”ni kelajakka tayyorlashimiz kerak. Klubga ajoyib yosh o‘yinchilar keldi, biz klubning muvaffaqiyatli tarixini davom ettirishimiz lozim. Bu bizning burchimizdir.

Men yana ikki mavsum “Barselona”da prezidentlik qilaman. Klubni yaxshi holatda qoldirishim kerak. Mendan keyin saylanadigan prezidentga: “Bu biz qoldirgan meros”, deb aytishni xohlagan bo‘lardim”, — deydi Bartomeu BBC’ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” klubi Ispaniya chempionatining 22-turidan so‘ng 50 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalini boshqarib kelmoqda. Kataloniya klubi eng yaqin ta’qibchisi Madridning “Atletiko” klubini 6 ochko ortda qoldirmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют