» » Qashqadaryoda pasport olishga ko‘maklashish uchun 200 dollar talab qilgan inspektor 4 yilga qamaldi

Qashqadaryoda pasport olishga ko‘maklashish uchun 200 dollar talab qilgan inspektor 4 yilga qamaldi


Qashqadaryoda pasportni tezroq olib berish evaziga 200 dollar miqdorida pora olgan texnik inspektorga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda UZ24 xabar berdi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

Shahrisabzlik fuqaro Bibisora Norova (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) familiyasini almashtirishga qaror qilgach, yangi fuqarolik pasportini olish uchun IIV huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va alohida servis xizmatlar ko‘rsatish markazi”ga maslahat so‘rab bordi. U yerda bir paytlar o‘g‘lining o‘qituvchisi bo‘lgan Rashid Nomozov texnik inspektor vazifasida ishlar edi. Shu sababli uning to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishiga ishongandi.

Rashid avvaliga Bibisoraga haqiqatdan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdi. Unga familiyasini almashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar tartibini tushuntirdi. Bibisora ham uning ko‘rsatmalariga asosan barcha hujjatlarni bosqichma-bosqich tayyorlab berdi. Endigi ish hujjatlarni Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘iga olib kirish edi.

Inspektor Bibisoraga bir-ikki kunda xulosani tayyorlab qo‘yishini aytib kuzatib qo‘ydi.

— Xulosangiz ham tayyor bo‘ldi, — R.Nomozov ayolni xursandchilik bilan qarshi oldi. — Faqat xizmat haqiga 100 ko‘kidan berasiz.

Bibisora inspektorning gapini yerda qoldirmadi, aksincha darrov ko‘ndi. Sumkasini kavlab, so‘ragan pulini uzatdi.

Rashid ayoldan bunaqa “mard”likni kutmagandi. Shu zahoti ko‘nglidan ko‘proq so‘rasam bo‘lar ekan, degan o‘y o‘tdi. Shu sabab yana pul so‘rashning yo‘lini topdi.

— Endi gap bunday, bu — mening xizmat haqim, — Rashid qo‘lidagi pulga ishora qilib so‘zida davom etdi. — Biroq pasportingizni tezroq olmoqchi bo‘lsangiz, yana 200 ko‘kidan berishingiz kerak. Bu pullarni tegishli odamlarga uzataman. Faqat bugun kechgacha olib keling.

Inspektorning yonidan tushkun kayfiyatda ko‘chaga chiqqan Bibisora o‘ylab o‘tirmay, uning qonunga xilof bu harakatlariga chek qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lum qildi.

Ayol ketgach, inspektor oz-moz ishlagan bo‘ldi-da, tushlik bahonasida tashqariga chiqdi. “Nozik” joyda ishlamaydimi, tashqarida yo‘liga ko‘z tikib turganlar anchagina bor edi. O‘sha yerda pasport olish uchun hujjat tayyorlab yurgan ikki kishini olib, ovqatlanish uchun yo‘lga tushdi.

Bu orada Bibisora inspektorga qo‘ng‘iroq qilib, pul tayyorligini bildirdi va uchrashuv joyini aytdi. “Shahrisabz yulduzi” mehmonxonasi oldida turgan ayolni ko‘rib Rashid mashinani to‘xtatishni so‘radi va sheriklariga bir hujjatni olishim kerak, deya ayolning yoniga keldi. U Bibisoradan pulni olib ortga qayt­moqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga tushdi. Tadbir haqida bilganida esa ancha kech bo‘lgan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumani sudida Rashid Nomozovning mazkur jinoiy qilmishi atroflicha ko‘rib chiqilib, unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют