» » Urganchda to‘rt oylik qizchasini 2 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

Urganchda to‘rt oylik qizchasini 2 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudi 4 oylik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan J.I.ga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda “Daryo”ga tumani sudi raisi vazifasini bajaruvchi D.Muratov ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, J.I. 2018-yil 22-iyun kuni soat taxminan 11:30 da Urganchning Bo‘stonliq ko‘chasida 4 oylik qizalog‘ini fuqaro G.M.ga oldindan kelishilgan 2 million so‘mga sotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Sudlanuvchi J.I. sud muhokamasida aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. U Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsni sotish) bilan aybli deb topilgan va unga 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan J.I.ga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, u sud zalidan ozod qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют