» » O‘zbekistonda Rossiyaning yana bir universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Rossiyaning yana bir universiteti filiali ochiladi


O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Samarqandda univesitet o‘z filialini ochadigan bo‘ldi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahrida mazkur oliy o‘quv yurti filialini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilib, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlangan.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni damda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Tamara Mixaylova boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘lib turibdi.

Xorijlik mehmonlar tashrif davomida filial uchun ajratilgan binoni, talabalar foydalanadigan sport inshootlarini ko‘zdan kechirdi.

Samarqand filiali universitetimizning xorijda tashkil etilgan ilk filialidir. Mazkur oliy ta’lim muassasasi samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun biz O‘zbekistonga malakali mutaxassislarni jalb etamiz. Shuningdek, talabalarimiz Rossiyada joylashgan sport bazalarimizda amaliyot o‘tashadi.

Tamara Mixaylova, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori

Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, mazkur ta’lim maskanida nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari ta’lim olishi uchun ham imkoniyat yaratish, qolaversa, yildan yilga mavjud yo‘nalishlarni kengaytirib borish rejalashtirilgan.

Filialga 2019/2020-o‘quv yilidayoq voleybol, basketbol, gandbol, futbol, yengil atletika, badiiy gimnastika, tennis, suzish, baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turlari bo‘yicha 150 nafardan ortiq ilk talabalar kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilinadi. O‘qish Rossiya Federatsiyasining amaldagi o‘quv rejalari va dasturlari asosida olib boriladi.

Ma’lumot uchun, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining talabalari va bitiruvchilari orasida 172 nafar Olimpiada g‘olibi, Yevropa va jahon chempioni bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют