» » Afrikada yuz yil ichida ilk bor noyob qora leopard suratga olindi

Afrikada yuz yil ichida ilk bor noyob qora leopard suratga olindi


Biologlar o‘tgan yuz yil ichida birinchi marta Keniyada sayr qilib yurgan qora leopardni rasmga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Rasmni yovvoyi tabiatni suratga oluvchi fotograf Uill Burrard-Lukas olgan. Qora leopard o‘ta kamyobligi sabab, Afrikada afsonaga aylangan edi. Uill uni Keniyada oy yorug‘ida suratga olgan.

Fotografning so‘zlariga ko‘ra, u bolaligidan qora leopardni rasmga olishni orzu qilgan. Bu hayvonni Laykipia hududida (Keniya) odamlar ko‘rganini eshitgach, Burrard darrov ekspeditsiyaga otlangan.

Mahalliy hayvonot bog‘i biologlari bilan hamkorlik qilgan Burrard leopard uchrashi mumkin bo‘lgan joylarga kamera o‘rnatgan.

Qora leopard so‘nggi bor 1909-yilda Efiopiyada suratga olingan edi. Hozir u rasm Vashingtondagi Tabiiy tarix muzeyida saqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 27) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют