» » Toshkentda piyodani urib ketgan prokuratura boshqarmasi haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi ochild

Toshkentda piyodani urib ketgan prokuratura boshqarmasi haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi ochild


Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura boshqarmasi haydovchisi J.A.ga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, J.A. 24.01.2019-yilda soat 19:15 larda xizmat yuzasidan o‘ziga biriktirilgan Lacetti 2 rusumli avtomashinani Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi bo‘ylab yo‘lning birinchi harakatlanish bo‘lagidan boshqarib ketayotib, Shahrisabz-Taraqqiyot ko‘chalari chorrahasi piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashgan vaqtida, amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ning 111-bandidagi “Tartibga solingan piyodalar o‘tish joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyodaga qatnov qismini shu yo‘nalishda kesib o‘tishni tugallashiga imkon berishlari kerak” deb ko‘rsatilgan talablariga rioya qilmagan holda harakatini davom ettirib, sekinlash choralarini ko‘rmasdan, chorrahaning piyodalar o‘tish joyidan o‘tib kelayotgan 1960-yilda tug‘ilgan N.X.ni avtomashinaning old o‘ng tomoni bilan urib yuborgan.

Natijada N.X. hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari olib, 1-sonli Respublika klinik shifoxonasiga joylashtirilgan va 29.01.2019-yilda shifoxonada vafot etgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida tegishli ekspertizalar o‘tkazilib, J.A.ga JKning 266-moddasi 2-qismi bilan ayb e’lon qilingan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborish arafasida. Mazkur holat yuzasidan qonuniylik qat’iy ta’minlanishi kafolatlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют