» » Shri-Lankada jallod lavozimi paydo bo‘ldi

Shri-Lankada jallod lavozimi paydo bo‘ldi


Shri-Lanka hukumati giyohvand moddalarni saqlash, zo‘ravonlik va odam o‘ldirish uchun o‘lim jazosini qaytarishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi “Vesti.ru”.

Yangi ish o‘rinlari ochilmoqda. Jallod lavozimiga 18 dan 45 yoshgacha bo‘lgan, ilgari sudlanmagan erkaklar qabul qilinadi. Ularga har oyda 200 AQSh dollari to‘lanadi, bu esa mahalliy amaldorlarning oylik maoshidan ko‘proq.

Potensial jallodlar uchun yana bir talab — bu ruhiyatning barqarorligidir.

Shri-Lankada o‘lim jazosi 1976-yilda bekor qilingan. O‘shandan buyon giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan, zo‘ravon va qotillar uchun oliy jazo umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan.

Mamlakatdagi oxirgi jallod 2014-yilda hech kimni o‘ldirmay nafaqaga chiqqan.

Shri-Lanka prezidenti Sirisena filippinlik hamkasbi Rodrigo Dutertening misolidan ilhomlanib, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qaytarishni istadi.

Ushbu tashabbus huquq himoyachilari tomonidan tanqid qilinmoqda. Ayni damda mamlakatda giyohvand moddalarni saqlash va tarqatish uchun 436 kishi qamalgan.

O‘lim jazosi to‘g‘risida qonun qabul qilingan taqdirda, ularga jazo qo‘llaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют