» » 2019—2023-yillarda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

2019—2023-yillarda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi


Hukumat qarori bilan 2019—2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Konsepsiya doirasida maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab jismoniy tarbiyaning innovatsion usullari takomillashtiriladi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga talabalarni tanlashda ularning trenerlik kasbida ishlash ishtiyoqiga e’tibor beriladi

Jismoniy tarbiya sohasidagi kadrlar Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportga rahbarlik qilish), Sport Administration (sport ma’muriyatchiligi) yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba orttiradi.

SPORTSUZ axborot portali hamda iSPORT sport ilovasi yaratiladi.

Sportchilar faoliyatini ro‘yxatga olish va hisobga olish bo‘yicha – “Skm-sportsmen”, trenerlarni ma’lumot bazasini ta’minlash bo‘yicha – “Skm-trener” va respublikaning jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni ta’minlash bo‘yicha – “Skm-sportinshoot” axborot tizimlari tashkil etiladi.

“Sport bayrami” milliy festivali o‘tkaziladi.

Shuningdek qaror bilan Konsepsiyani amalga oshirish chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida, “Jismoniy tarbiya va sport” ixtisoslashtirilgan nashriyot markazi tashkil etiladi.

Fuqarolar o‘z turar joylariga yaqinda joylashgan obyektlarning (ta’lim, tibbiyot, sport va dam olish muassasalari) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlaridan foydalanishini ta’minlash yo‘li bilan ularning jismoniy faolligi oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют