» » LG International Jizzaxda 40 mln dollarlik loyihani amalga oshirmoqchi

LG International Jizzaxda 40 mln dollarlik loyihani amalga oshirmoqchi


Jizzax viloyatida Koreyaning yetakchi LG International Co.Ltd kompaniyasi bilan 40 million dollarlik shartnoma yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmatining bu haqda ma’lum qilishicha, LG International Co.Ltd kompaniyasi vitse-prezidenti Jun X.Kim boshchiligida tashrif buyuruvchilarni viloyat hokimi o‘rinbosari A.Ahmadxo‘jayev hamda viloyat Investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i B.Akramov kutib olishdi.

A. Ahmadxo‘jayev viloyatda keyingi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda amalga oshirilayotgan ishlar va Jizzax viloyatida joriy yilning 1-martidan “Ilg‘or hudud” dasturining istiqbollari va viloyatning investitsion va turizm salohiyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘z o‘rnida, LG International Co.Ltd kompaniyasi vitse prezidenti Jun X.Kim so‘zga chiqib, 2018-yil 29—30-avgust kunlari Jizzax viloyatida o‘tkazilgan Xalqaro Investitsiya Forumi doirasida imzolangan umumiy qiymati 40 mln. AQSh dollarilik “BOPP plyonka ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish” loyihasi yuzasidan to‘xtaldi. Bitimning keyingi istiqbollari va loyihani amalga oshirish belgilangan hududning ahamiyati, ushbu loyihani jadallashtirish borasida ham fikr almashildi.

Uchrashuvda tomonlar loyiha doirasidagi keyingi amaliy ishlar to‘g‘risida kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют