» » 1-apreldan haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun onlayn tarzda murojaat qilish mumkin bo‘ladi

1-apreldan haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun onlayn tarzda murojaat qilish mumkin bo‘ladi


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va Adliya vazirining 2019-yil 13-fevralda imzolagan “Davlat xizmatlari markazlari orqali tajriba tariqasida ko‘rsatilayotgan yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim xizmatlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, endilikda fuqarolar joriy yilning 1-aprelidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tartibda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun murojaat etishlari mumkin, bunda ularning fotosuratlari Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan tizim orqali olinishi (mazkur fotosurat murojaatchini qoniqtirmagan taqdirda, o‘zi kelgan holda fotosuratga tushishi mumkin) ko‘rsatilgan.

Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi va Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatini ko‘rsatishning soddalashtirilgan hamda avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish vazifasi yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazrilar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-son qaroriga muvofiq amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2019-yil 1-yanvar — 2020-yil 31-dekabr davrida — eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar — majburiy tartibda amalga oshirilishi hamda 2021-yil 1-yanvardan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emasligi belgilangan. Mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun fuqarolar pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni, shuningdek EKOIHning 70%i miqdorida to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют