» » Xorazmda bangixona tashkil etgan guruh ushlandi

Xorazmda bangixona tashkil etgan guruh ushlandi


Xorazm viloyat sudida o‘tgan ochiq sud majlisida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan va bangixona tashkil etgan guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘ktam, Javlon va Mansur (ismlar o‘zgartirilgan) ismli shaxslar bir guruh bo‘lib giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanish yo‘liga kiradi. Jumladan, sudlanuvchi O‘ktam Samarqand viloyatida yashovchi Mansur bilan kelishgan holda undan har bir grammini 250.000 so‘mdan hisoblab, 8.88 grammga teng “opiy” giyohvandlik moddasini 400 AQSh dollariga sotib olib, Samarqand viloyatidan yo‘lovchi mashinada Xorazm viloyatiga olib kelib, Javlonga sotgan.

Javlon shu vaqtning o‘zida giyohvandlik moddasini olib, o‘zi yashab kelayotgan uy mehmonxonasida bangixona tashkil qilgan.

Sud hukmi bilan O‘ktamga 7 yil, Javlonga 8 yil va Mansurga 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazolari tayinlandi.

Shuningdek, sudlanuvchi Mansur muqaddam o‘ta og‘ir jinoyati uchun 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganligi va sudlanganlik muddati o‘tmasdan yana o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi sababli Jinoyat Kodeksining 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Ma’lumot uchun, 2018-yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat, tuman (shahar) sudlari tomonidan 162 nafar shaxsga nisbatan giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jami 108 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют