Toshkentda 1-apreldan avtomobil raqamlari Davlat xizmatlari agentligi tomonidan beriladi
1-apreldan Toshkent IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi avtomobillarni ro‘yxatga olishni Davlat xizmatlari agentligiga topshiradi. Bu haqda “Daryo”ga agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Endi yangi avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan o‘tkazishda avtomobil raqamlarini olishda Davlat xizmatlari agentligining Toshkentdagi 11 ta filialiga murojaat qilish mumkin.
IIBB ma’lumotiga ko‘ra, hozircha YHXB ixtiyorida transport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (avtomototransport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish) xizmati qoldiriladi. Biroq, yaqin vaqtlarda IT-infratuzilmalar ustida olib borilayotgan ishlar yakuniga yetishi bilan bu xizmat ham Davlat xizmatlari agentligiga topshiriladi.
Manba: Daryo.uz