» » Rossiyalik mutaxassislar “Muborak”dagi poligonda o‘tkazilgan yig‘inda qatnashdi

Rossiyalik mutaxassislar “Muborak”dagi poligonda o‘tkazilgan yig‘inda qatnashdi


Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birida Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va bo‘linmalarning jangovar tayyorgarlik bo‘yicha mas’ul ofitserlari ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Yig‘in davomida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishdagi yangi usul va uslublar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, savol-javob va muhokamalar orqali yig‘in qatnashchilarining bilimlari mustahkamlandi.

Bundan tashqari ishtirokchilar e’tiboriga Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi harbiy mutaxassislari tomonidan qurol-aslaha, harbiy anjom va jangovar texnikalardan foydalanishda erishilgan innovatsion yutuq va ratsionalizatorlik takliflari namunalari, kunduzgi va tungi sharoitlarda jangovar vazifalarni bajarishda qo‘llanadigan zamonaviy taktik uslub namunalari ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi.

Qo‘shinlarda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini zamonaviy talablarga ko‘ra tashkil etish va o‘tkazish, bu borada egallangan yangi taktik uslublar bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlari “Muborak” dala o‘quv maydonida amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida turli namunadagi qurol-aslahalarni qo‘llash, harbiy texnikalar vositalarida harakatlanish kabi taktik me’yorlar amalga oshirildi.

Dala o‘quv maydonida tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotlarda rossiyalik harbiy mutaxassislari ham ishtirok etdi. Harbiy xizmatchilar kasbiy tayyorgarliklar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют