» » O‘zbekiston yilni yana oltinni faol sotish bilan boshladi

O‘zbekiston yilni yana oltinni faol sotish bilan boshladi


Oltin yanvar oyida asosiy eksport mahsulotiga aylandi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga asoslanib, Spot xabar berdi.

Yanvar oyida O‘zbekiston 1,6 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qildi. Bundan oltin hissasiga 812 million dollar to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilda ham shunday holat kuzatilgandi, yanvar oyida mamlakat 1,4 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilgan, biroq o‘shanda oltin hissasiga 846 million dollar to‘g‘ri kelgan.

Xizmatlar eksporti 201 million dollarni, energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari - 248,5 million dollar, to‘qimachilik mahsulotlari - 107,5 million dollarga teng bo‘ldi. Umuman olganda, eksport hajmi oltinni hisobga olmaganda 46,1 foizga ortib, 863,6 million dollarni tashkil etdi.

2018-yilda O‘zbekiston 2,9 milliard dollarlik oltin sotdi. U eksportning asosiy mahsulotlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Masalan, 1,1 milliard dollarlik qora va rangli metallar, 1,6 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari, 1 milliard dollarga oziq-ovqat mahsulotlari sotildi.

2018-yilning kuzida O‘zbekiston oltin eksportini to‘xtatdi va bu mamlakatning oltin zaxiralarini ko‘paytirish imkonini berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют