» » Namanganga Pokistondan yuzlab ziyoratchilar kelishi kutilmoqda

Namanganga Pokistondan yuzlab ziyoratchilar kelishi kutilmoqda


Pokistonning Qasim Alishah foundation jamoat fondi rahbari, O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi turistik brendi elchisi Qosim Alishoh boshchiligidagi delegatsiya Namanganga keldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimligida uyushtirilgan qabul marosimida Namanganning ziyorat turizmi borasidagi imkoniyatlari taqdim etildi. Viloyatda 282 ta madaniy meros ob’ektlari mavjud. Ularning 103 tasi arxitektura, 155 tasi arxeologiya yodgorliklari va ziyoratgohlar. Bir vaqtning o‘zida 1300 nafar sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega 25 ta mehmonxona faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan yili Namangan viloyatiga dunyoning 82 mamlakatidan 9000 nafardan ziyod xorijiy sayyoh keldi. Bu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan 80 foizga ko‘p.

—Pokistonlik va o‘zbekistonliklarning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarida bir-biriga o‘xshash jihatlar juda ko‘p. Bu sayyohlarni o‘ziga chorlashda muhim omil. Axsikent arxeologik yodgorligi va Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohini xorijda ham yaxshi bilishadi. Bugungi muloqotda nafaqat ziyorat turizmi, balki ekoturizm yo‘nalishida ham hamkorlik qilishga kelishib oldik. Pokistonga qaytgach, targ‘ibot ishlarini yanada faol olib boramiz va joriy yilda yuzlab sayyohlarimizni Namanganga kelishiga erishamiz, — dedi Qosim Alishoh.

Turizm rivojida ommaviy axborot vositalari ham muhim o‘rin egallaydi. Pokistonlik jurnalistlar Namangan viloyatining madaniy meros ob’ektlari haqida videorolik va materiallar tayyorlash, ularni o‘z nashrlari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish orqali targ‘ib qilish tashabbusi bilan chiqdi.

Pokistonning Dispatch News Desk nashri bosh muharriri Og‘a Iqror Horunnning aytishicha, shu yil mart oyida Namanganga Pokistonning yetakchi nashrlari ijodiy xodimlari ishtirokida infotur tashkil etiladi. Bu esa sayyohlar oqimi yanada ko‘payishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Pokistonlik mehmonlar To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent arxeologik yodgorligi, Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaraniy, “Sutli buloq” ziyoratgohlari va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют