» » Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlari uchrashadi

Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlari uchrashadi


21-fevral kuni poytaxtdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlarining navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Anjuman mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlanadi.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni ishtirok etadi.

Anjumanda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov ham qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Anjuman doirasida delegatsiya rahbarlari alohida ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazishi, shuningdek, delegatsiya a’zolarining O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasidagi o‘quv jarayonini kuzatishlari, Hasti Imom majmuasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют