» » O‘zbekiston mudofaa vaziri Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Pokiston delegatsiyasini qabul qildi


20-fevral kuni Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Pokiston Quruqlikdagi qo‘shinlari Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Nadim Raza boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki tomonlama uchrashuv doirasida mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatlararo harbiy va harbiy texnik hamkorlikni rivojlantirish hamda harbiy ta’lim sohasida maqsadli aloqalarni yuqori pog‘onaga ko‘tarish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashilgan.

Ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, 21-fevral kuni Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshliqlarining navbatidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, AQSh Qurolli Kuchlari CЕNTKOM qo‘mondoni ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют