» » O‘zbekistonda pulli tunnellar Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlaridan o‘tishi mumkin

O‘zbekistonda pulli tunnellar Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlaridan o‘tishi mumkin


O‘zbekiston Namangan viloyati Pop tumanidagi Qamchiq va Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Taxtaqoracha dovonlaridan o‘tuvchi pulli tunnellar qurilishini ishlab chiqmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatida Ohangaron va Angren shaharlarini aylanib o‘tuvchi pulli avtomobil yo‘llarini joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Bu haqda 20-fevral, chorshanba kuni Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarov jurnalistlarga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, pulli tunnellar va yo‘llar loyihalari to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni joriy etish orqali davlat-xususiy sherikchilik asosida amalga oshiriladi. U, shuningdek, Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi ilk pulli avtotrassaning investori va pudratchisi “optimal yo‘nalish” aniqlangandan so‘ng tanlanishini qo‘shimcha qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют