» » 1 oyda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlariga 1712 nafar ayol murojaat qilgan

1 oyda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlariga 1712 nafar ayol murojaat qilgan


Yanvar oyi davomida Respublika bo‘ylab zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlariga (shelterlar) 1712 nafar ayol murojaat qilgan. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shulardan 303 nafar ayolga tibbiy, 434 – psixologik, 377 – huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

271 nafar ayolning bandligini ta’minlashga ko‘mak berilib, 99 nafariga kredit olib o‘z ishini boshlashiga yordam berilgan, 487 nafar ayolning oilasi yarashtirilgan.

Bugungi kunga qadar respublikada tashkil etilgan shelterlar soni 160 taga yetgan.

O‘zbekistondagi ilk zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi 2018-yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

Bugungi kungacha markazlar tomonidan yuzlab ayollarga tegishli yordamlar ko‘rsatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют