» » Toshkent viloyati IIBda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Toshkent viloyati IIBda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi


Toshkent viloyati IIBda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, podpolkovnik Xudaybergenov Artik Tursinxanovich Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

polkovnik Alimov Saidkarim Xamidxo‘jayevich Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-jazoni ijro etish bo‘limi boshlig‘i;

podpolkovnik Shermuhamedov Sherzod Abdivaliyevich Chirchiq shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

mayor Xojamatov Dilshod Muhammadjonovich Oqqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga;

mayor Zufarov Dilmurod Rixsibayevich Tibbiyot bo‘limining davolash-profilaktika muassasalari Harbiy tibbiy komissiya Rais-shifokori lavozimidan ozod etilib, Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimiga;

podpolkovnik Muxamedjanov Dilshod Mamirjanovich Jinoyat qidiruv boshqarmasi Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Chirchiq shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

mayor Azizov Xayriddin Sirojitdinovich Vazirlik Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, Og‘ir v o‘ta og‘ir jinoyatlar bilan kurashish boshqarmasi, shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili lavozimidan ozod etilib, Toshkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют