» » Michiganda ayol uch nafar bolasini o‘ldirib so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Michiganda ayol uch nafar bolasini o‘ldirib so‘ng o‘z joniga qasd qildi


18-fevral kuni michiganlik ayol uch nafar qizlarini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi, deb yozadi Forum Daily.

20-fevral kuni Kent okrugi ma’murlari halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlagan bo‘lib, ular 28 yoshli Obrianna Mur va uning sakkiz, olti va ikki yoshli qizlari bo‘lgan.

Politsiyaning aniqlashicha, bolalarni ayol o‘ldirgan va shundan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.

Ayol bolalarini o‘ldirishda ov miltig‘idan foydalangan. Uyi yaqinida joylashgan o‘rmonga borib ularni otgan va mashinasiga solib, uyga olib kelgan. So‘ng mashina oldida o‘z joniga qasd qilgan.

Qizlarni tanigan yaqinlari va o‘qituvchisining so‘zlariga ko‘ra, ular juda ham quvnoq va maktabda a’lochi bo‘lishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol avvalroq ruhiy kasallik, gallyutsinatsiya va shizofreniyaga chalingan. 2018-yilning sentabr oyida o‘zi uchun xavfli deb topilib, bir haftadan ortiq muddatga ruhiy kasalxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют