» » Qashqadaryoda Captiva’ni to‘xtatgan yo‘l inspektorlari kaltaklangandi. Mushtumzo‘rlar ozodlikdan mahrum etildi

Qashqadaryoda Captiva’ni to‘xtatgan yo‘l inspektorlari kaltaklangandi. Mushtumzo‘rlar ozodlikdan mahrum etildi


Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 2018-yil 12-oktabr kuni Captiva haydovchisini to‘xtatgan inspektorlar serjant R.Dolliyev va unga yordamga kelgan leytenant N.Hamidovlar haydovchi hamda uning yaqin qarindoshlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Ushbu ishni joriy yil 25-fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudi ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sud hukmida ma’lum qilinishicha, 1991-yilda tug‘ilgan Captiva haydovchisi Murod Iraliyev 2018-yil 12-oktabr kuni tumanning “O‘zbekiston” ko‘chasida harakatlanib ketayotgan payti yo‘l harakati xafsizligi inspektori serjant R.Dolliyev tomonidan to‘xtatilgan. Haydovchi inspektorning xavfsizlik kamari taqmaganligi va avtomashinaning yon oynalariga qora parda taqqanligi uchun ma’muriy bayonnoma tuzib, avtomobilni jarima maydonchasiga olib borishi to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmay, YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan. Bu ham yetmaganidek telefon orqali yaqin qarindoshlari — opasi Sharofat Iraliyeva, pochchasi Husniddin To‘xtarov va qarindoshi Faxriddin Eshnazarovlarni yordamga chaqirgan.

Vaziyat yomonlashavergach, serjant R.Dolliyev ham 3-safarbarlik guruhi komandiri, leytenant N.Hamidovni yordamga chaqiradi. Ammo Captiva haydovchisi Murod Iraliyev va uning yaqin qarindoshlari yo‘l inspektorlariga qattiq qarshilik ko‘rsatib, ularga tegishli ma’muriy bayonnomalarni olib qo‘yadi. Kiyimlarini yirtib, pagonini ham yulib oladi. O‘zlariga esa tan jarohati yetkazadi.

Sudya F.Qambarova raisligida o‘tgan sud majlisida yo‘l inspektorlarini kaltaklab, xizmat vazifasini o‘tashga xalal bergan qarindoshlar aybdor deb topildi. Haydovchi Murod Iraliyev Jinoyat kodeksining 219-moddaning (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi, 227-moddaning (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 4 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan. Voqea ishtirokchilari Husniddin To‘xtarovga 3 yil, Faxriddin Eshnazarovga esa 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sudlanuvchi Sharofat Iraliyevaga esa 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют