» » Shavkat Mirziyoyev: Paxtani tola ko‘rinishida sotish eng kam daromad keltiradi

Shavkat Mirziyoyev: Paxtani tola ko‘rinishida sotish eng kam daromad keltiradi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan bir qancha loyihalar bilan tanishmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Buxoro shahrida ishga tushirilayotgan “Buxoro kotton tekstil” korxonasi loyihasi bilan tanishar ekan, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtani tola ko‘rinishida sotish eng kam daromad keltirishini, paxta tolasini qayta ishlab, eksportbop tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

O‘zAning xabar berishicha, 1000 kishining bandligi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan korxonada 6,5 ming tonna ip-kalava, 10 ming kvadrat metr gazlama (jinsi) va 1,5 million dona tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston Prezidentiga Olot tumanidagi “Merganteks” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Peshku tumanidagi ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli korxona, Buxoro shahrida paxta yetishtirishdan tayyor to‘qimachilik mahsuloti ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni qamrab oladigan paxta-to‘qimachilik klasteri tuzish, tabiiy va kimyoviy tolalardan integratsiya asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihalari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Buxoroda tut plantatsiyalarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют