» » Surxondaryoda pul mablag‘larini noqonuniy yashirish holatlari aniqlandi

Surxondaryoda pul mablag‘larini noqonuniy yashirish holatlari aniqlandi


Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilda tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan 308 ta xronometraj ko‘zdan kechirish tadbirlari davomida bir kunlik tushum bir hafta oldingi mos davrdagi tushumga nisbatan 569 million 492 ming so‘mga oshganligi aniqlangan. Bu haqda Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi xabar berdi.

Bundan tashqari, 279 nafar fuqaro norasmiy faoliyat olib borayotgani ma’lum bo‘lgan.

Sho‘rchi tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 7 ta tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish tadbirlari natijasida kunlik tushum o‘tgan haftaning mos davridagi tushumga nisbatan 40 million 440 ming so‘mga oshgan.

Shuningdek, mazkur tadbirkorlik subyektlarida jami 14 nafar ishchi-xodim norasmiy tarzda faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlangan.

Misol uchun, ushbu tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Zaxro Kamola” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish tadbiri davomida uch kunlik tushum o‘tgan haftaning mos kunlaridagi tushumga nisbatan 17 million 787 ming so‘mga yoki 5 barobarga oshgan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan izchil islohotlarga qaramay, ayrim tadbirkorlarning naqd pulni yashirish, savdo tushumini kamaytirib ko‘rsatish va norasmiy tarzda ishchi-xodimlarni yollash kabi noqonuniy harakatlarni amalga oshirayotganligi achinarli hol, albatta.

Xronometraj ko‘zdan kechirish bu – xronometraj o‘tkaziladigan davrda tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqiy realizatsiya hajmlarini aniqlashga doir soliq nazoratining shaklidir.

Pul tushumini, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini xronometraj ko‘zdan kechirish tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi soliq to‘lovchilarda, bevosita tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyida, mahsulot ishlab chiqarish sexlarida, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish joylarida hamda soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq boshqa joylarda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkaziladi.

Xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish muddati yetti kalendar kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют