» » Toshkentda “Universitetlararo hamkorlik markazi”ni tashkil etiladi

Toshkentda “Universitetlararo hamkorlik markazi”ni tashkil etiladi


27-fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi bazasida TTA va Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetlari o‘rtasida “Universitetlararo hamkorlik markazi”ni tashkil etish munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TTA matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati, O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari ishtirok etgan.

Tadbirda ishtirok etish uchun bir vaqtning o‘zida Rossiyadagi tibbiy va farmatsevtika OTMlari rektorlari kengashining raisi va Sechenov nomidagi universitet rektori bo‘lgan akademik P.V. Glibochko boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Muzokaralar yakunida TTA va I.M. Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti rektorlari o‘rtasida “TTA va Sechenov universitetining universitetlararo hamkorlik markazi to‘g‘risidagi Nizom” rasmiy ravishda imzolangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют