» » FVV Navoiydagi o‘quv mashg‘ulotlarida zilzila oqibatlarini bartaraf etishni mashq qildi

FVV Navoiydagi o‘quv mashg‘ulotlarida zilzila oqibatlarini bartaraf etishni mashq qildi


26—28-fevral kunlari Navoiy viloyatining Xatirchi  tumanida aholi va hududni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

O‘quv mashqlarida 2 234 nafar xodim va 121 ta texnika ishtirok etdi.

O‘quv mashqlariga zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar: bino va inshootlarning vayron bo‘lishi, ko‘p sonli yong‘in o‘choqlarining yuzaga kelishi, yuqumli kasalliklar o‘choqlarining avj olishi, aholi punktlarida kommunal va transport infratuzilmalarining izdan chiqishi asos qilib olindi.

Xabar berish tizimining tayyorgarligi va barqaror ishlashini tekshirish, FVDT hududiy quyi tizimi organlarining favqulodda vaziyatlarda funksional vazifalarini bajarish yo‘nalishlarini aniqlashtirish, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarishda moddiy-texnik ta’minot masalalarini hal etish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini ko‘rib chiqish o‘quv mashqining asosiy maqsadi etib belgilandi.

O‘quv mashg‘ulotining birinchi kunida bir qator taktik-maxsus o‘quv mashqlari o‘tkazilib, ularning tarkibida Fuqaro muhofazasi kunlari tashkil etildi. Ayni tadbirlarda favqulodda vaziyatlarda xabar berish, ular sodir bo‘lganda birlamchi vazifalarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan mexanizatsiyalashtirilgan otryadlarning favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga shayligi sinovdan o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют