» » 2 ta penalti, qizil kartochka. “Tottenhem” “Arsenal” bilan durang qayd etdi (video)

2 ta penalti, qizil kartochka. “Tottenhem” “Arsenal” bilan durang qayd etdi (video)


2-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 29-tur bahslari boshlandi.

Turning dastlabki o‘yini “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Londonning ikki klubi “Tottenhem” hamda “Arsenal” to‘qnash keldi.

Bellashuvning 16-daqiqasida “to‘pchilar” yarim himoyachisi Aaron Remsi hisobni ochgan bo‘lsa, 74-daqiqaga kelib Harri Keyn penaltidan Bernd Leno qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va hisobni tenglashtirdi (1:1). Uchrashuvning 90-daqiqasida “shporlar” darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Undan Pyer-Emerik Obameyang unumli foydalana olmadi. O‘yin so‘ngida esa Lukas Torreyra qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Shu tariqa London derbisida g‘olib nomi aniqlanmadi va tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

APL

29-tur bahslari

2-mart, shanba

Gollar: 0:1 – 16 Remzi, 1:1 – 74, penalti Keyn.

“Tottenhem”: Lyoris, Trippier, Alderveyreld, Sanches, Vertongen, Rouz, Vanyama (Lamela, 59), Sissoko, Eriksen, Son (Lyorente, 79), Keyn

“Arsenal”: Leno, Mustafi, Sokratis, Kosyelni, Monreal, Jaka, Gunduzi (Torreyra, 46), Mxitaryan, Remsi (O‘zil, 72), Ivobi, Lyakazett (Obameyang, 56)

Ogohlantirishlar: Mxitaryan (58), Lamela (63), Rouz (69), Jaka (74), Lyorente (84)

Chetlatish: Torreyra (90+5)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют