» » Ozbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun haq tolash tizimiga ozgarishlar kiritildi

Ozbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun haq tolash tizimiga ozgarishlar kiritildi


Hukumatning Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga 28-fevral kuni ozgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Kiritilgan ozgartirishlarga muvofiq, elektr energiyasi shartnomada korsatilganidan 5 foizdan kop istemol qilinganda, ortiq istemol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 1,15 baravari miqdorida tolov undiriladi. Ilgari ushbu tolov bir yarim baravari miqdorida undirilgan.

Shuningdek, istemolchilarga elektr energiyasi va gaz yetkazib berish istemolchilar tomonidan murojaat qilinganida 50 foizlik oldindan haq tolash asosida ham amalga oshiriladi. Bunda, hisob-kitobni 50 foiz oldindan haq tolaydigan istemolchilar hisob-kitob amalga oshiriladigan davrni korsatib 5 kun oldin Byuroga murojaat qilishlari lozim. Ilgari faqat 100 foizlik oldindan haq tolanganida yetkazib berilgan.

Oldindan haq tolanmagan, 50 foizlik haq tolaydigan istemolchilar tomonidan oy oxirigacha yakuniy haq tolanmaganda, mazkur istemolchilarga nisbatan elektr va gazdan toliq uzishgacha bolgan choralar koriladi.

Elektr energiyasi uchun amaldagi tariflar ozgargan taqdirda istemolchilar avans tariqasida tolangan tolov kunidan boshlab keyingi 2 oydan ortiq bolmagan muddatda, maishiy istemolchilar esa keyingi 6 oydan ortiq bolmagan muddatda qoshimcha tolov tolashdan ozod etiladi. Ilgari bu muddat 12 oyni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (2-03-2019, 20:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -