» » O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida yangi markaz tashkil etildi

O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida yangi markaz tashkil etildi


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq O‘zbekiston Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 30-oktabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi tashkil etilgan. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Belgilanishicha,

O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining byudjetdan tashqari markazni axborot bilan ta’minlash va moddiy rag‘batlantirishni tashkil etish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.

Vazirlik va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari bo‘yicha shartnoma asosida tovarlar va xizmatlar bozorini tadqiq etish borasida bajarilgan ishlar uchun olingan mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar byudjetdan tashqari Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilandi.

Davlat byudjetining mablag‘lari, byudjetdan tashqari Jamg‘armaning to‘lov asosida bajarilgan ishlar uchun olingan mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilangan.

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi tugatilayotgan Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertiza qilish respublika markazining asosiy vositalari, mulki va boshqa aktivlari, arxiv hamda boshqa hujjatlari yangi markazga berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют