» » Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentiga aylandi

Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentiga aylandi


Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov va Bosh kotib Jasur Matchanov ham ishtirok etmoqda. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Bosh Assambleya davomida 2019—2022-yillar uchun tashkilot rahbariyatiga, Ijroiya Qo‘mitasi va doimiy komissiyasiga a’zolar saylandi. Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ham nomzodi ilgari surildi. Saylovda ishtirok etganlar bir ovozdan Umid Ahmadjonov nomzodini qo‘llab-quvvatlagan, natijada u Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentiga aylangan.

Ma’lumot uchun, Umid Ahmadjonov Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi.

“Menga ishonch bildirib, ovoz berganingiz uchun rahmat aytaman. Ushbu ishonch menga g‘urur bag‘ishlaydi, shu bilan birga bu katta mas’uliyat hamdir. Men ushbu lavozimda nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlarini himoya qilaman. Asosiy maqsadim XOQ Ijroiya Qo‘mitasi a’zolari safidan o‘rin olishdir. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tarkibiga kirish uchun bor kuchimni ishga solaman”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют