» » APL. “Chelsi” g‘alabaga erishdi, “Liverpul” esa “Everton”ni yuta olmadi (video)

APL. “Chelsi” g‘alabaga erishdi, “Liverpul” esa “Everton”ni yuta olmadi (video)


3-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 29-turi doirasida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi mehmonda “Fulhem” bilan kurash olib bordi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Gonsalo Iguain hisobni ochgan bo‘lsa, 27-daqiqa Kalum Chembers hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 4 daqiqa o‘tib, Jorjinyo londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Mazkur hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa “aristokratlar” safarda kechgan o‘yinda kichik hisobda g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Turning so‘nggi o‘yinida musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” “Everton”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellshuvda hisob ochilmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ta’kidlash joiz, “Liverpul” 29-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi yetakchiligini “Manchester Siti”ga boy berib qo‘ydi. Ayni damda mersisaydliklarda 70 ochko mavjud, manchesterlikalrda esa 71.

29-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

29-tur bahslari

3-mart, yakshanba

Gollar: 1:0 — 5 Dini, 1:1 — 75 Vardi, 2:1 — 90 Gray

Gollar: 0:1 — 20 Iguain, 1:1 — 27 Chembers, 1:2 — 31 Jorjinyo

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют