» » Omadi chopmayotgan “Real” Muhammad Saloh uchun jiddiy taklif tayyorlamoqda

Omadi chopmayotgan “Real” Muhammad Saloh uchun jiddiy taklif tayyorlamoqda


Madridning “Real” klubi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Diario Gol xabar berdi.

“Qirollik klubi” 26 yoshli misrlik futbolchi uchun yarim himoyachi Iskoga qo‘shib 50 million yevrolik shartnoma taklif qilishga tayyor.

26 yoshli Isko “Real” bosh murabbiyi Santyago Solari bilan kelisha olmayapti. Transfermarkt ispaniyalik o‘yinchini 60 million, Salohni esa 150 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsum Saloh mersisaydliklar tarkibida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 7 ta golga uzatma berdi. Isko Madrid klubi uchun 26 ta bellashuvda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi hamda 2 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют