» » Samarqandda gazdan 2 mln so‘m qarzdor ayol MIB rasmiylashtirgan dalolatnomani yoqib yubordi

Samarqandda gazdan 2 mln so‘m qarzdor ayol MIB rasmiylashtirgan dalolatnomani yoqib yubordi


Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi va shahar gaz ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan fuqaro Malika Abdurahmonovaga tegishli bo‘lgan Samarqand shahri Qozizoda Rumiy ko‘chasida joylashgan oshxonada tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasiga tayanib, “Zarnews.uz” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu oshxonaning tabiiy gazdan 2 million 142 ming so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lgan. Qarzdorlik bo‘yicha hududga biriktirilgan davlat inspektori belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirgan. Ushbu dalolatnomani iste’molchiga tanishtirish va imzolash uchun taqdim qilayotgan vaqtida M.Abdurahmonova Majburiy ijro byurosining qat’iy hisobida turuvchi raqamli dalolatnomasini davlat inspektori Sh.Qarshiyevning qo‘lidan tortib olgan. Qasddan dalolatnomani yoqib yuborgan va shu yo‘l bilan nobud qilgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Abdurahmonovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 227-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют