» » Endi O‘zbekistonda bank hisobraqamini onlayn tarzda ochish mumkin bo‘ldi

Endi O‘zbekistonda bank hisobraqamini onlayn tarzda ochish mumkin bo‘ldi


Davlat xizmatlari agentligi biznes muhitini yaxshilash yo‘lidagi yana bir yangilikni taqdim etdi. Agentlik matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, bugun, 5-martdan boshlab tadbirkorlar uchun bank hisobraqamini masofadan turib ochish imkoniyati yaratildi. Demak, endi ortiqcha ovoragarchiliklarga chek qo‘yildi.

Tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar o‘ziga ma’qul bankni tanlaydi. So‘ngra 5 daqiqa ichida bank hisobraqamini ochadi.

Buning 2 usuli, ya’ni Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurish yoki fo.birdarcha.uz orqali elektron xizmatdan foydalanish mavjud.

Tadbirkorlar bugun “Trastbank” va “Ipotekabank” Toshkent shahridagi filiallarida hisobraqam ochishi mumkin.

Har kuni banklar ro‘yxati kengayib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют