» » Yaponiyada Nissan sobiq rahbari garov evaziga ozod qilindi

Yaponiyada Nissan sobiq rahbari garov evaziga ozod qilindi


Yaponiyada Tokio tuman sudi 1 milliard iyen (9 million dollarga yaqin) evaziga Renault—Nissan—Mitsubishi avtomobillar alyansining sobiq rahbari Karlos Gonni garov evaziga qo‘yib yuborgan, deya xabar beradi “Novaya gazeta”.

Gon noyabr oyining o‘rtalaridan (107 kun) qamoqxonada bo‘lgan va bu uning himoyasi tomonidan jazo chorasini o‘zgartirish uchun uchinchi iltimos bo‘lgan. Gon moliyaviy huquqbuzarlik bo‘yicha hibsga olingan.

Nissan vakillari tomonidan Gonni kompaniyaning aktivlarini shaxsiy maqsadlari uchun ishlatganligi, shuningdek, daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tokio fond birjasi uchun hisobotlarda kam qilib ko‘rsatgani ma’lum qilingan. Dekabr oyida sud uni hibsga olishni rad etganidan so‘ng, unga moliyaviy zararni Nissan hisobidan undirib olish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Gonning o‘zi barcha ayblovlarni inkor etadi, uning advokati hibsga olishni bir tomondan Renault boshqa tomondan Nissan va Mitsubishi o‘rtasidagi korporativ nizolarning natijasi deb atadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют