» » Navoiyda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan fuqaro 10 yilga qamaldi

Navoiyda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan fuqaro 10 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudida turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirgan sudlanuvchi I.Olimovga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi raisi Dilnoza Xonbo‘tayeva ma’lum qildi.

Sudlanuvchi I.Olimov 2018-yil 14-noyabr kuni turmush o‘rtog‘i (marhuma) K.Amirova bilan mol-mulkni bo‘lish, nikohni bekor qilish haqidagi gap-so‘zlar oqibatida kelib chiqqan janjalda mast bo‘lgan I.Olimov turmush o‘rtog‘ini bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, K.Amirovaning o‘limiga bo‘yin a’zolarining qo‘l barmoqlari bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sud I.Olimovni qasddan odam o‘ldirish jinoyati bilan aybdor deb topib, uni 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют