» » Husnbuzarlar, daf bo‘ling!

Husnbuzarlar, daf bo‘ling!


Ilm-fan yutuqlari tufayli endi husnbuzardan qisqa vaqt ichida qutulish mumkin. Avvalo husnbuzar haqida yetarli malumotga ega bo‘lishimiz o‘zimiz uchun foydali.

Yuzda qanday qilib husnbuzar paydo bo‘ladi?

Teridagi yog‘ bezlari tabiiy ravishda teri yog‘ini ishlab chiqaradi. Bu yog‘lar odatda teridagi tuklar ildizi orqali yuzimizda paydo bo‘ladi. Qachonki, yog‘ miqdori oshib ketsa, teridagi tuklar ildizi berkilib qoladi. Keyin bakteriyalar teri qatlamida o‘sa boshlaydi. Bakteriyalar yuzdagi yog‘ va teri to‘qimalarida “to‘plam”lar hosil qilishi mumkin. Ularning yuzda qichishish va qizarish keltirib chiqarishi husnbuzarlar paydo bo‘lishi boshlanishidan dalolat beradi. Agar tuk ildizi to‘liqligicha yopib qo‘yilgan bo‘lsa, yuzda oq rangdagi husnbuzar paydo bo‘ladi. Agar yarim qismi bekilib qolgan bo‘lsa, qora rang husnbuzar vujudga keladi.

Yuz muammolaridan xalos bo‘lishda Biokon mutaxassislari sizlarga o‘zlarining bepul maslahatlarini berishga tayyor (bog‘lanish raqamlarini maqola so‘nggida topishingiz mumkin).

Yirik husnbuzar (akne) shunchaki o‘smirlik muammosi emas!

Voyaga yetish davridagi gormonlar o‘zgarishi ko‘pincha o‘smirlarda husnbuzarlar paydo bo‘lishini anglatadi. Shunday bo‘lsada, kattalarda ham akne paydo bo‘lishi mumkin. Buning sababi turli kosmetika vositalaridan foydalanish, stres, gormonal o‘zgarishlar kabi holatlardir. Tadqiqotlarga ko‘ra, 20—29 yoshlar orasidagi ayollarning 50 foizi hamda 40—49 yoshlar orasidagi odamlarning 25 foizi yirik husnbuzarlardan aziyat chekishadi. Albatta, akne uchrashi tabiiy holatdek tuyuladi, ammo husnbuzarlarni oldini olish mumkin.

Husnbuzarlardan xalos bo‘lish yo‘llari.

O‘zingizga yetarlicha uyqu va orom bering.

Kam uxlash immunitet tizimi samarasini pasaytiradi, natijada, bakteriya to‘silib qolgan tiqinlarda bemalol o‘sishi mumkin bo‘ladi. Bu degani — husnbuzarlarni davolash uzoqroq vaqtni talab etishini anglatadi. Ko‘pchilikka ma‘lumki, yetarli uyqu kishini stresdan himoya qiladi. Agar odam stres holatida bo‘lsa, tanada steroid gormonlari miqdori oshadi. Bu gormonning haddan tashqari ko‘p ishlab chiqarilishi esa o‘z navbatida, yirik husnbuzarlarga ega bo‘lgan yuzdagi vaziyatni yanada murakkablashtiradi.

Yuzingizga qo‘l tekkizmaslikka harakat qiling.

Eng birinchi tadbir sifatida har doim husnbuzarni qo‘l bilan siqishdan tiyilish tadbirini aytib o‘tishimiz lozim. Uni siqish natijasida bakteriya yuzning boshqa sohalariga tarqalishi va akne chandiqlarini hosil qilishi mumkin. Kunlik turmush tarziga bir nechta o‘zgartirishlar kiritish yuzni toza holda saqlashga yordam berishi mumkin.

Biokon mahsulotlaridan foydalaning.

Husnbuzarlarni yuzingizdan daf etishda sizga Biokonning Anti-Acne Active kremi yordamga keladi. Anti-Acne Active kremi husnbuzarlarga qarshi kurashishda mukammal vosita hisoblanadi. Undan tashqari, ushbu sifatli krem yuzdagi yog‘ bezlarining ishini susaytiradi. Ushbu kremdan foydalanganda organizm unga o‘rganib qolmaydi va o‘z natijasini juda tez ko‘rsatadi, teringiz qaytadan nafas olishni boshlaydi. Undan nafaqat husnbuzarlardan qutulishda, balki yara va husnbuzarlardan qolgan izlarni hamda dog‘larni ketkazishda ham foydalaniladi.

Biokon “Muammoli Teri” aktiv-kremi – husnbuzar toshgan terini parvarish qilish, ya‘ni yog‘ bezlari yo‘llarini berkitib turgan tiqinlarni yo‘q qilish va ularning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikning eng samarador usuli hisoblanadi. Uning tarkibidagi aktiv komponentlar va ionli kumush moddasi yallig‘langan yuz terisini quruqlashtiradi, yuzdagi ixtiyoriy o‘zgarishlarni oldini oladi, yuzni yanada tiniqlashtiradi.

Aktiv-krem tarkibidagi Pentanol moddasi esa shikastlangan teri qatlamini qaytadan tiklaydi va teringiz qaytadan nafas olishni boshlaydi. Kremdan doimiy va rejali qo‘llanish keyinchalik yuz qatlamingizda husnbuzarlarning butkul yo‘q bo‘lib, chiqmay ketishini ta‘minlaydi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют