» » Yevropa Ligasi. Chelsi Kiyevning Dinamosini sinovdan otkazadi, Inter esa Germaniyada mehmon boladi

Yevropa Ligasi. Chelsi Kiyevning Dinamosini sinovdan otkazadi, Inter esa Germaniyada mehmon boladi


7-mart, payshanba kuni futbol boyicha Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasida dastlabki uchrashuvlari bolib otadi.

Luchano Spaletti qol ostidagi Milanning Inter klubi Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahriga safar qiladi. Italiyaliklar u yerda Ayntraxt jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib otamiz, Inter musobaqaning 1/16 bosqichida Venaning Rapid jamoasini ikki oyin natijasiga kora 5:0 hisobida maglub etgandi.

Unai Emeri boshqaruvidagi Londonning Arsenal klubi mehmonda shahar nomi bilan ataluvchi Renn jamoasi bilan bahs boylaydi. Ikkala bellashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da boshlanadi.

Malumot uchun, topchilar Yevropa Ligasining songgi bosqichida BATEni yutdi (umumiy hisob 3:1).

Londonning boshqa bir klubi Chelsi Stemford Brijda Kiyevning Dinamo jamoasini sinovdan otkazadi.

Takidlash joiz, aristokratlar avvalgi bosqichda Shvetsiyaning Malmyo klubi ustidan yirik 3:0 hisobida zafar quchgandi (umumiy hisob 5:1).

Italiya chempionatining 26-turidan orin olgan bahsda Yuventusga maglub bolgan (1:2) Napoli oz maydonida Zalsburgni qabul qiladi. Ikkala bellashuvga ham tungi soat 01:00 da start beriladi.

Qayd etish joiz, Karlo Anchelotti shogirdlari mazkur musobaqaning 1/16 finalida Shveysariyaning Syurix klubini ikki oyin natijasiga kora 5:1 hisobida taslim qilgandi.

Yevropa Ligasi

1/8 final bahslari

7-mart, payshanba

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (7-03-2019, 14:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -