» » JCh—2022 o‘yinlari Ummon va Kuvayt davlatlarida ham o‘tkazilishi mumkin

JCh—2022 o‘yinlari Ummon va Kuvayt davlatlarida ham o‘tkazilishi mumkin


2022-yilda Qatar mezbonligida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining ba’zi o‘yinlari Ummon va Kuvaytda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

FIFA bu variantni Qatarda bo‘lib o‘tadigan musobaqada ishtirokchilarning ko‘payishi munosabati bilan ko‘rib chiqmoqda. 2022-yilgi Jahon Chempionatida tarixda ilk marotaba 32 ta emas, balki 48 ta jamoa qatnashishi mumkin.

Qatnashchilar soni ortishi bilan birgalikda uchrashuvlar soni ham ko‘payadi. Shu munosabat bilan uchrashuvlar o‘tkaziladigan hududdagi boshqa davlatlarning ham yordami kerak bo‘ladi.

Manbada yozilishicha, ayni vaqtda FIFA Kuvayt va Ummon variantini ko‘zdan kechirmoqda. Ammo ismini oshkor etishni xohlamagan manba muzokaralar yashirin yo‘sinda olib borilayotganini ta’kidlagan.

O‘tgan oyda tashkilot prezidenti Janni Infantino Kuvaytga tashrif buyurgandi. 10-mart, yakshanba kuni esa FIFA rahbari Ummonga boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют