» » O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini jismoniy faollik chorlaydi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini jismoniy faollik chorlaydi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar dunyo bo‘yicha global muammoga aylanib, insonlar salomatligiga jiddiy xavf solmoqda. Xastaliklarning bu toifasiga yurak qon-tomir, saraton, qandli diabet va surunkali o‘pka kasalliklari kiradi.

Ma’lumki, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarga noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikning pasayishi, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish sabab bo‘ladi. Shu bois mamlakatimizda aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, o‘tgan yil 20-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda korxonalar, ta’lim muassasalari, istirohat bog‘larida ommaviy badantarbiya va gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish e’tibordan chetda qolayotganini e’tibor qaratilib, bunday mashqlarning inson salomatligi uchun foydaliligini targ‘ib qilish maqsadida muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Prezidentning 2018-yil 18-dekabrida “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilingani esa bu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalarni belgilab berdi.

Qaror bilan 2019—2022-yillarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish konsepsiyasi hamda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bir qatorda barcha hamkor tashkilotlar mas’ul sifatida biriktirildi.

Shundan kelib chiqqan holda, aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jimoniy faollligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan joriy yilning 9-mart kuni respublikada Yurish kuni deb e’lon qilindi.

Shu kuni barcha darajadagi tibbiyot muassasalarida, shahar va tumanlarning markaziy hiyobonlari, mahalla guzarlarida ommaviy yurish tadbirlari o‘tkazildi. Bunda tibbiy xodimlar bilan birgalikda, qator idora va tashkilotlar vakillari, turli yoshdagi uyushmagan aholi ommaviy yurishga jalb qilindi. Ommaviy tadbir o‘tkazish joylarida, mahallalarda yurishning inson organizmiga ijobiy ta’siri to‘g‘risida mutaxassislarning suhbatlari tashkil etildi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, oddiy yurish (haftasiga kamida 8 kilometr yurganda) yurak qon-tomir kasalliklari xavfini 31 foizga va o‘lim xavfini 32 foizga qisqartiradi.Yurish ko‘krak bezi saratoni va ikki turdagi qandli diabet kasalligiga chalinishni kamaytiradi. Bundan tashqari, suyak va mushaklarni mustahkamlaydi, arterial bosimni, qonda xolesterin miqdorini tushishiga sabab bo‘ladi, uyquni yaxshilaydi.

Har bir qadam energiya sarflanishi, gormonlar ishlab chiqilishi, mushaklardagi qon ta’minotining yaxshilanishi evaziga ularning kislorod bilan boyishi kuchayadi, natijada umumiy holat yaxshilanadi. Yurganda har daqiqada 5 kaloriya yo‘qotiladi (o‘tirganda 1 kaloriya). Og‘irlik qancha ko‘p bo‘lsa, energiya shuncha ko‘p sarflanadi. Misol uchun, 72 kilogram og‘irlikdagi inson 1,5 kilometr yurganda 105 kaloriya, 100 kilogram og‘irlikdagi katta yoshdagi odam 135 kaloriyayo‘qotadi va sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli ravishda davom ettiradi. Jumladan, 16-mart — Respublikada yurish bo‘yicha marafon, 23-mart — “Quvnoq startlar” musobaqasi hamda 30-mart — Velosipedda sayr kunini o‘tkazish rejalashtirildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют