» » Isroil Madrimov professional boksdagi 2-jangida raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratdi

Isroil Madrimov professional boksdagi 2-jangida raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratdi


10-mart, yakshanba tongida professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (1 ta g‘alaba, 1 nokaut) AQShning Nyu-York shahrida o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazdi.

Madrimovga bu jangda venesuelalik Frenk Roxas(24 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat) raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang atigi 2-raundga cho‘zildi, xolos. Isroilning ketma-ket bergan zarbalari natijasida Roxas nokautga uchradi va jang muddatidan avval hal bo‘ldi.

Shu tariqa Isroil Madrimov professional boksdagi 2-jangida 2-nokauti orqali g‘alaba qozonib, 1-jangida qo‘lga kiritgan WBA Intercontinental kamarini munosib himoya qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют