» » Boris Nemsov qotilligi bo‘yicha AQSh Ramzan Qodirovning Rossiyadan tashqaridagi aktivlarini topish talabini kiritdi

Boris Nemsov qotilligi bo‘yicha AQSh Ramzan Qodirovning Rossiyadan tashqaridagi aktivlarini topish talabini kiritdi


AQSh Kongressi vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo‘mitasi “Boris Nemsovning qotilligi bilan bog‘liq javobgarlik va adolatga chaqiruv” rezolyutsiya loyihasining yakuniy matnini tasdiqladi, bular orasida AQSh ijroya idorasi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Rossiyadan tashqaridagi aktivlarini topish talabi kiritilgan. Bu haqda “ForumDaily” xabar berdi.

Joriy yilning 27-fevralida e’lon qilingan rezolyutsiyaning asosiy matniga Nyu-Jersidan bo‘lgan konstitutsiyaviy demokrat Tom Malinovskiy tomonidan o‘zgartirish kiritilgan.

Uning taklifiga ko‘ra, qo‘mita “ AQSh Davlat kotibi va moliya vazirligiga Ramzan Qodirovning va u tomonidan Rossiyadan tashqarida boshqariladigan barcha korxonalarni, shu jumladan, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistonidagi biznes va moliyaviy faoliyatni tekshirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishga chaqirig‘ini tasdiqlagan; Magnitskiy qonunining butun jahon bo‘ylab inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunining moddalariga binoan Ramzan Qodirovga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni buzganligini aniqlashni talab qilgan”.

2017-yilda Ramzan Qodirov Magnitskiy qonuniga binoan Qo‘shma Shtatlar o‘z aktivlariga va Qo‘shma Shtatlarga kirish bo‘yicha sanksiyalar joriy etilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan. AQSh moliya vazirligining Qodirovga qarshi sanksiyalar bo‘yicha qarorida, Checheniston rahbari “qotilliklar, qiynoqlar va boshqa xalqaro miqyosda e’tirof etilgan inson huquqlari buzilishi uchun javobgar ekani” bildirilgan.

Vakillar palatasi tomonidan qabul qilinishi taklif etilayotgan ushbu qarorda, Ramzan Qodirov, Boris Nemsovning qotilligida ayblangan Zaur Dadayevni “haqiqiy vatanparvar”, o‘ldirilgan muxolifat siyosatchisini esa “Rossiya dushmani” deb atagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют