» » Humo Arena muz saroyining ochilish marosimida Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov va Dima Bilan ishtirok etadi

Humo Arena muz saroyining ochilish marosimida Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov va Dima Bilan ishtirok etadi


Humo Arena muz saroyining ochilish marosimi sport muxlislari yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bu haqda mazkur tadbir oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida marosim tashkilotchisi Madina Tursunova ma’lum qildi.

Anjumanda ta’kidlanishicha, badiiy qismning o‘zida 2 mingdan oshiq ishtirokchi qatnashadi. Bundan tashqari, arenaga 6 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda. Ochilish marosimida bosh g‘oya san’at va sportni birgalikda uyg‘unlashtirib berishdir.

“Marosimda Pavel Bure, Vitaliy Proxorov kabi xokkey yulduzlari, muz ustida raqs bo‘yicha Turin Olimpiadasi chempioni Tatyana Navka, konsert dasturida esa Rossiya estradasi yulduzlari Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov va Dima Bilan ishtirok etadi”, – deydi Madina Tursunova.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq rossiyalik reper Timati ?Humo Arena‘da yaqin orada konsert berishini bildirgandi.

Ma’lumot uchun, Humo Arena asosiy va kichik maydonlarga ega bo‘lib, katta musobaqalar uchun mo‘ljallangan qismi 12 500 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Mazkur sport inshootining ochilish marosimi joriy yil 15-mart kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют