» » O‘zbekistonda 2018-yili prokuratura xodimlariga pora berishga urinish bilan bog‘liq 98 ta holat qayd etildi

O‘zbekistonda 2018-yili prokuratura xodimlariga pora berishga urinish bilan bog‘liq 98 ta holat qayd etildi


Samarqand viloyatining Paxtachi tuman prokuraturasi tomonidan tuman IIB qo‘riqlash bo‘limi xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan bir guruh shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari davomida pora berishga urinish holati qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yil 8-mart kuni fuqaro X.M. tuman prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchi D.B.ning xizmat xonasiga kelib, ayblanuvchilar uning qarindoshi ekanligini ma’lum qilib, ularga nisbatan ayblovni yengillashtirish evaziga 5 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan.

Tergovchi lavozimida ish o‘rganuvchi D.B.ning bildirgisi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda X.M. tuman hududida joylashgan “Kim-Ping” nomli restoranda 5 ming AQSh dollarini D.B.ga pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, 2019 yil 9-mart kuni Namangan viloyat prokuraturasi katta tergovchisi Sh.J. viloyat prokurori nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, “MQ” MChJ, “NQ” DUK va “SM” AJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha “WPS” MChJ rahbari R.E. barcha jinoiy harakatlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini ma’lum qilib, ishga aloqador boshqa shaxslarni javobgarlikka tortmaslik evaziga 10 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qilganligini bildirgan.

Ushbu bildirgi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 10-mart kuni R.E. tergovchi Sh.J.ning xizmat xonasida unga 10 ming AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘tgan 2018-yil davomida prokuratura organlarida kadrlar bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirilib, ichki xavfsizlikni ta’minlash, xodimlar tomonidan korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor qaratilib, bu borada muayyan natijalarga erishildi.

Jumladan, 2017-yilda prokuratura organlari tizimida xizmat qiluvchi xodimlarga 20 ta holatda 4 ming 200 AQSh dollari hamda 15 million 424 ming so‘m miqdorida pora taklif qilingan bo‘lsa, 2018-yilda 98 ta holat qayd etilgan bo‘lib, jami 57 ming 500 AQSh dollari hamda 48 million 885 ming so‘m miqdorida pora taklif qilingan.

Ushbu holatlar yuzasidan 2017-yilda prokuratura xodimlariga pora taklif qilgan 16 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari, 4 nafar shaxsga nisbatan esa ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, jazo muqarrarligi ta’minlangan.

2018-yilda mazkur holatlar yuzasidan 82 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari, 16 nafar shaxsga nisbatan esa ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют