» » Chilonzorda noma’lum shaxslar hojatxona shaxtasi orqali xonadonga kirib, o‘g‘rilik sodir etdi

Chilonzorda noma’lum shaxslar hojatxona shaxtasi orqali xonadonga kirib, o‘g‘rilik sodir etdi


Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 12-mart kuni 8:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar 28 yoshli Zilolaning xonadoniga hojatxonadan o‘tuvchi shaxta orqali kirib, u yerdan 500 ming so‘m va televizorni o‘g‘irlagan. Shundan so‘ng aynan shu yo‘l orqali xonadonni tark etgan, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-bandi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarni aniqlash va ularni qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Shu munosabat bilan IIBB yerto‘la binolarining eshiklarini qulflash va uning yopiqligini muntazam tekshirish, shuningdek, xonadonlardagi shaxtalar eshiklariga ishonchli qulf o‘rnatishga chaqiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют