» » Nukus pedagogika institutida Rossiya OTMlari bilan qo‘shma fakultetlar tashkil etiladi

Nukus pedagogika institutida Rossiya OTMlari bilan qo‘shma fakultetlar tashkil etiladi


Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Rossiyaning Sochi va Kuban davlat universitetlari bilan qo‘shma fakultetlar tashkil etiladi. Bu haqda “Daryo”ga institut matbuot xizmati ma’lum qildi.

Institut rektori Bayrambay Otemuratov boshchiligidagi delegatsiyasi Kuban davlat universiteti rektori Mixail Astapov qabulida bo‘ldi.

Uchrashuvda defektologiya, pedagogika va turizm sohalarida kelgusida hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni almashish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar hamda talabalarni o‘zaro almashish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, safar doirasida institut tarix-geografiya fakulteti dekani Maman Saribayev Sochi davlat universiteti prorektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Institut delegatsiyasi safari yakunlari bo‘yicha Nukus davlat pedagogika institutida Sochi va Kuban universitetlari bilan ta’lim va pedagogik fanlari yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma fakultetlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют